Alisher Navoiy g‘azaliyotida Xizr obrazi talqinlari
Annotatsiya
Turkiy adabiyot, xususan, o'zbek adabiyoti tarixida Alisher Navoiyning o'rni beqiyos. Shu maqolada Alisher Navoiyning g'azallari, liri-kasidagi obrazlar mohiyatiga yetishga harakat qilinib, uning badiiy tasvir-lari hamda talqinlarining sabablari bir qadar ochib berilgan. Maqola uchun aynan Xizr obrazining tanlab olinishi tasodif emas. Xizr turkiy xalqlar mifologiyasi, fblklori, adabiyotida juda ham mashhur shaxs hisoblanadi. Shu qadar mashhurligidan maqol va matallarga obraz bo'lib xizmat qilgan. Turkiy adabiyotning ulkan ustuni bo'lgan Alisher Navoiyning ushbu obrazga munosabati, albatta, qiziqarli. Shu sabab ham maqolaga aynan Alisher Navoiy lirikasidagi Xizr obrazi tasvirlari manba sifatida tanlangan. Maqolada Xizr obrazi bilan bog'liq ham ilmiy, ham badiiy, ham mifik qarashlarni o'rganib, ularning Alisher Navoiy ijodiga qay daraja-da ta’sir etganligi tadqiq qilingan. Maqolani yozish jarayonida bir necha xorijiy hamda milliy manbalar, diniy adabiyotlarga ham murojaat qilingan.