YOD TANQISLIGINING HOMILAGA TA'SIRI VA UNI OLDINI OLISHNING XALQ TABOBATI USULLARI
Annotatsiya
Yod almashinuvi juda ham murakkab biokimyoviy jarayon bo'lib, odam organizmiga yod mikroelementi ikki xil ko'rinishda, ya'ni mineral yod va organik yod ko'rinishida tushadi. O`zbekiston respublikasi hududida keng tarqalgan yod yetishmovchiligini davolash va oldini olish maqsadida ishlatiladigan ayrim sintetik dori vositalarining kimyoviy tarkibi adabiyotlar yordamida o`rganildi hamda ularning inson organizmiga ko`rsatishi mumkin bo`lgan salbiy ta`sirlari keltirildi. Ushbu yod saqlovchi zamonaviy dori vositalari parenteral yo’l bilan qabul qilinganda, ularning farmakokinetikasiga e’tibor berilganda, oshqozon va ingichka ichaklarda so’rilgach, jigar orqali kata qon aylanish tizimiga absorbsiya bo’lganligi sababli ham aynan jigar hujayralariga salbiy ta’siri kuzatiladi.