Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

INTERNET BUYUMLARI ORQALI KICHIK BIZNES VA TADBIRKORLIK FAOLIYATINI BAXOLASH

Nodirjon RaxmonovQo‘qon universiteti tayanch doktaranti
ABI

Annotatsiya

Hozirgi paytda raqamli texnologiyalar, IoT, Big Data, 5G texnologiyasi, 3D printerlar, raqamlashtirish, sun’iy intellect va shunga o‘xshash texnologiyalar yaqin kelajakda kompaniyalarning raqobatbardoshligiga ta’sir ko‘rsatadigan, eng ko‘p tilga olinadigan omillar hisoblanadi. Internet buyumlari to‘rtinchi sanoat inqilobining asosiy elementlaridan biri bo‘lib, ishlab chiqaruvchilar o‘z faoliyatlarini tobora ko‘proq avtomatlashtirish uchun xizmat qilmoqda. Maqoladagi o‘rganilgan va tahlil qilingan aksariyat maqolalar asosan IoT bilan bog‘liq texnologiyalarni joriy etishning amaliy jihatlariga e’tibor qaratadi. Ushbu tadqiqotlar natijasiga asoslanib, biz kelajakdagi tadqiqotlar uchun bir nechta yo‘nalishlarni aniqlaymiz. Kelajakda olib boriladigan tadqiqotlar ishlab chiqarish, boshqaruv sohalaridagi imkoniyatlar va muammolarni, yangi ishtirokchilar va hamkorlik qilish imkonsiz bo‘lib tuyulgan manfaatdor tomonlar guruhlari o‘rtasidagi hamkorlikning innovatsion usullarini o‘rganishi mumkin. Qolaversa, ushbu maqola raqamlashtirishning asosini tashkil etuvchi IoT muammolarini biznes muammosiga aylantirishga qaratilgan keng jabhali ishlarni amalga oshirishga yordam beradi.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba