Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

ZARQAYNAR INTRUZIVINING BIOTITLI GRANITLARI: TARKIBI, MA’DANDORLIGI VA HOSIL BO‘LISH SHAROITI (JANUBIY NUROTA)

Xalbay ISHBAYEVO‘zbekiston Milliy universiteti professori, g.m.f.dAnvar ShukurovO‘zbekiston Milliy universiteti kafedra mudiri, g.m.f.f.d(PhD)Sarvar QODIROVH.Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika inistituti tayanch doktorantiQuatbay KOSBERGENOVH.Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika inistituti bo’lim boshlig’i
ŬzMU habarlari.journal2024uz
ABI

Annotatsiya

Zarqaynar intruzivi plitalar to‘qnashuvi (kolliziya) natijasida cho‘kindi-metamorfik jinslar hisobiga hosil bo‘lgan S-turdagi granitoidlardan (kvarsli diorit, granodiorit, biotitli granit va b.) tashkil topgan. Uning aksariyat qismi biotitli granitdan tashkil topgan. Intruzivni o‘rganish natijasida gabbro-diorit, diorit va kvarsli diorit tanalarining murakkab bloklari, granodiorit-adamellitlar, tonalitlar, qo‘sh slyudali granitlar va tomir jinslar ajratilgan. Oxirgisi sinintruziv (granit-aplit, aplit-pegmatit, pegmatit va b.) va mustaqil shimoliy nurota daykali majmuasiga mansub ohak-ishqorloi seriyali dioritli porfirit va spessartit daykalaridan iborat. Spessarti daykalari NEEga boyigan (950 g/t gacha). Zarqaynar intruzivi granitoidlari monsodiorit, monsonit, normal granitlar ketma-ket (gomodrom) qatorini hosil qiladi.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar