DAVLAT XIZMATI VA UNING QIYOSIY TAHLILI: O‘ZBEKISTON VA XORIJ TAJRIBASI MISOLIDA
Annotatsiya
Maqolada davlat xizmati, uning qaror topishi, dunyoning rivojlangan mamlakatlari tajribasi va rivojlanish tendensiyalari, shuningdek, O‘zbekistonda davlat quriligi va kadrlar siyosati borasidagi islohotlarning muhim yo‘nalishi sifatdagi ma’muriy-huquqiy, siyosiy o‘zgarishlarning muhim institutsional omili misolidagi jarayonlar tahlil qilingan. Maqolaning maqsadi esa mamlakatimiz va rivojlangan xorij mamlakatlar, jumladan, AQSH, Fransiya, Germaniya va Buyuk Britaniya kabilardagi davlat xizmati institutining muammolarini qiyosiy va tizimli tahlil qilish va ular asosida mamlakatimizda bu boradagi muammolar yoki kamchiliklarni bartaraf etish borasida ma’lum bir ilmiy taklif, tavsiya va xulosalar ishlab chiqish hisoblanadi.