“MEDIAKONTENT” TUSHUNCHASI VA MEDIAKONTENT YARATISHDAGI MAVJUD MUAMMOLAR
Annotatsiya
Maqolada harbiy kadrlar tayyorlash tizimida media-kontent texnologiyalaridan foydalanish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi eng so‘nggi yutuqlari va innovatsiyalarni o‘zlashtira oladigan, kundalik faoliyatda, xulq-atvor va muloqotning axborot madaniyati ko‘nikmalariga ega harbiy mutaxassisni shakllantirishning muhim sharti sifatidagi masalalar va “Mediakontent” tushunchasi va mediakontent yaratishdagi mavjud muammolar bayon qilingan. Harbiy-vatanparvarlik hislatlariga ega bo‘lgan va kursantlarning individual xususiyatlariga muvofiq o‘z- o‘zini rivojlantirish va o‘zini anglash vositasi bo‘lib xizmat qiladigan oliy harbiy ta’lim muassasasining ta’lim muhitining madaniy va bo‘sh vaqt tarkibiy qismining salohiyatiga alohida o‘rin beriladi. Xulosalarda ta’lim jarayonini mediakontent texnologiyalaridan foydalangan holda amalga oshirish muhimligi aks ettirilgan.