Chuqur o‘rganishga asoslangan yuz tahlili: xususiyatlarni ajratib olish va his-tuyg‘ularni tushunish
Annotatsiya
Yuzni tanib olish texnologiyalari sezilarli darajada rivojlanib, fotosuratlar va videolardagi asosiy identifikatsiya va tekshirish jarayonlaridan turli sohalarda, jumladan, xavfsizlik va sog‘liqni saqlashda foydalanilmoqda. Chuqur o‘rganish usullarining paydo bo‘lishi bilan mashinalarning yuz ifodalarini tanib olish va tahlil qilish qobiliyati an’anaviy usullardan ko‘ra samarali ekanligi aniqlandi. Maqolada konvolyutsion neyron tarmoqlari va chuqur o‘rganish metodologiyalari imkoniyatlaridan foydalangan holda yuz hissiyotlarini aniqlashni samarali metodlari ko‘rib chiqiladi. Keltirilgan muammoni hal etish orqali biz chuqur o‘rganish usullaridan nafaqat yuzni aniqlash tizimlarini yaxshilash, balki inson va kompyuter o‘rtasidagi o‘zaro ta’siri sohasidagi yutuqlarga sezilarli hissa qo‘shish uchun qanday foydalanish mumkinligi haqida ma’lumot beriladi.