Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

GIBRID DIATSETATSELLYULOZA-KREMNEZEM BIONANOKOMPOZITSIYASIGA N-GEPTAN MOLEKULASINING ADSORBSIYALANISHI

ŬzMU habarlari.journal2024uz
ABI

Annotatsiya

Gibrid DAS-kremnezem bionanokompozitsiyasiaga 303 К temperaturada n-geptan molekulasini adsorbsiyalanish izotermasi boshlangʻich qismdan to toʻyinishgacha mikrogʻovaklarning hajmiy toʻyinish nazariyasining (MHTN) uch hadli tenglamasi bilan tavsiflandi. Gibrid DAS-kremnezem bionanokompozitsiyasiaga n-geptan molekulasini adsorbsiyalanishining differensial issiqligi pogʻonasimon koʻrinishda hamda issiqlik miqdori 94 kJ/mol ga teng boʻlgan adsorbent-adsorbat, adsorbat miqdori 0,5 mmol/g dan soʻng adsorbat-adsorbat ta’sirlashish sodir boʻlib, polimolekulyar adsorbsiyalanish sodir boʻlayotganligi aniqlandi. Differensial molyar entropiya egrisi n-geptan bugʻi molekulalarining adsorbentdagi holati 0,55 mmol/g gacha mustahkam holatda joylashganligini koʻrsatdi.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar