Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

SALIM ASHUR SHE'RIYATIDA LINGVOMADANIY BIRLIKLAR TADQIQI

Saodat MustafayevaXalqaro innovatsion universiteti o‘qituvchisi
ŬzMU habarlari.journal2024uz
ABI

Annotatsiya

Mazkur tadqiqot Salim Ashur she'riyatida lingvomadaniy birliklarni o'rganishga bag'ishlangan. Tahlil jarayonida she'riyatdagi atamalar, frazeologizmlar, paremialogizmlar kabi til birliklari lingvomadaniy nuqtai nazardan tahlil qilingan. Natijalar iste'mol qilinayotgan madaniy bilimlar shoir ijodiy tafakkurida muhim ahamiyatga ega ekanligini ko'rsatdi. Shuningdek maqolada Salim Ashur she'riyatidagi lingvomadaniy xususiyatlar tadqiq etiladi. Shoirning turli davrlardagi she’rlari tahlilga tortilgan holda undagi milliy mentalitet va madaniyat belgilarini ifodalovchi til hodisalarining xilma-xilligi ko’rsatib beriladi. Maqolada she’rlardagi leksik birliklar, metaforik iboralarning milliyligi, ramziy ma’nolarining xalqona tabiati kabi jihatlar ochib berilgan. Shu bilan birga, she’rlarda ishlatilgan tasviriy vositalar, poetik shakllar ham milliy kolorit namoyon bo’lishi nuqtai nazaridan tahlil qilingan.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba