Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

ABU ABDULLOH RUDAKIYNING ADABIY – MA’NAVIY MEROSI G’ARB OLIMLARI TOMONIDAN O’RGANILISHI

ABI

Annotatsiya

Bu maqolada mumtoz fors-tojik she’riyati asoschilaridan biri sanalgan, buyuk shoir va mutafakkir Abu Abdulloh Rudakiy madaniy merosi va ijodini o’rganish tarixi haqida so‘z boradi. Mutafakkir Rudakiy hayoti va ijodini o’rganishning asosiy bosqichlarini ko’rib chiqish, uning jahon adabiyoti va madaniyatiga qo’shgan hissasi ahamiyatini tushunish uchun imkoniyat yaratadi. Abu Abdulloh Rudakiy hayoti, ijodi va ma’naviy-axloqiy merosi, turli tarixiy davr sharqshunos olimlari va tadqiqotchilarining asarlarida tahlil qilinib, uning she’riy va ma’naviy merosi boyligi va teranligi ochib berilgan. Tadqiqot natijalari esa, bu buyuk adib merosini asrab-avaylash va o’rganishni davom ettirish naqadar muhim ekanini anglab yetishga undaydi.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba