Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

O’SMIRLIK YOSHIGACHA BO’LGAN BOLANING PSIXIK XUSUSIYATLARI RIVOJLANISH JARAYONI O’RGANISHNING AHAMIYATI

Gulru AshurovaQo’qon Universiteti o’qituvchisi
ABI

Annotatsiya

Ushbu maqola bolalarning psixik xususiyatlarining rivojlanishi jarayonini o‘rganishga bag'ishlangan. Tadqiqot bolalar psixik rivojlanishining asosiy bosqichlarini va bu jarayonga ta’sir etuvchi omillarni tahlil qiladi. Nazariy va empirik usullar yordamida 3-18 yoshdagi bolalar ustida o‘tkazilgan kuzatishlar, intervyular va psixologik testlar asosida olingan natijalar tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari bolalarning psixik rivojlanishida biologik omillar, oila muhiti, ta’lim tizimi va ijtimoiy munosabatlarning roli katta ekanligini ko‘rsatadi. Maqolada har bir rivojlanish bosqichi o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, uning muvaffaqiyatli kechishi uchun turli-tuman omillarni hisobga olish zarurligi ta’kidlangan. Ushbu maqola bolalar psixik rivojlanishini yaxshiroq tushunishga yordam beradi va bu jarayonni qo‘llab-quvvatlashda samarali chora-tadbirlarni ishlab chiqishga ko‘maklashadi.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba