Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

FUQAROLARNING TADBIRKORLIK BILAN SHUG‘ULLANISH HUQUQINING XALQARO VA MINTAQAVIY HUQUQIY KAFOLATLARI

Jasurbek MuxammadjonovInstitute of State
ABI

Annotatsiya

Maqolaning mazmuni shundan iboratki, inson huquqlari tizimida xalqaro hamjamiyat va milliy davlatlar tomonidan so‘zsiz e’tirof etiladigan huquqlar jumlasiga shaxsning iqtisodiy huquqlari majmui ham kiradi. Inson va fuqarolarning tadbirkorlik bilan shug‘ullanishga bo‘lgan huquqi eng asosiy huquqlardan biri bo‘lib mamlakatning iqtisodiy sohasida erkinliklarni ta’minlash hamda turli sohalarda moddiy va ma’naviy qadriyatlarni to‘laqonli qondirishga qaratilgan. Huquqlar va asosiy erkinliklarning ustuvorligi va ustunligini xalqaro darajada tan olish zamonaviy demokratik jamiyat va huquqiy davlatning mavjudligi va rivojlanishi uchun muhim ahamiyatga ega. Maqolada shaxsning iqtisodiy huquqlarini amalga oshirish imkoniyatlarining ko‘lami xalqaro huquq manbalari va mamlakatning milliy qonunchiligida inson huquqlariga daxldor bo‘lgan huquqiy manbalar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan qoidalarning nazariy sharhi olib borilgan. Xalqaro huquqiy-hujjatlarni sharhlashda chet ellik mashxur olimlarning fikr va mulohazalaridan unumli foydalanilgan.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar