TILSHUNOSLIKDA BIZNES DISKURS: TADQIQ, TASNIF VA TAHLIL
Annotatsiya
Mazkur maqola biznes muhitida muvaffaqiyatli muloqotni amalga oshirishda hissa qo‘shadigan asosiy elementlarni tushunish uchun biznes diskursini lisoniy jihatdan tadqiq qildi. Unda biznes diskursi yozma va og‘zaki muloqot shakllarini o‘z ichiga olgan biznes kontekstida amalga oshiriladigan muloqot amaliyoti ekanligi asoslandi. Shuningdek, samarali biznes diskursi biznes maqsadlariga erishishga yordam beradigan aniq, ixcham va maqsadli o‘zaro munosabatlarni ta‘minlash uchun juda muhim ekanligi ta’kidlandi. Biznes diskursi uchrashuvlar, muzokaralar, elektron pochta xabarlari, hisobotlar, taqdimotlar, ijtimoiy tarmoqlardagi o‘zaro aloqalar va boshqalar kabi keng ko‘lamli muloqot shakllarini o‘z ichiga olgan biznes kontekstida tildan foydalanishni anglatadi. Maqsadga yo‘naltirilganligi, rasmiy yoki yarim rasmiy ohang, maxsus lug‘at va ishontirish usullaridan strategik foydalanish bilan ajralib turadi. Samarali biznes nutqi nafaqat ma’lumot almashish, balki munosabatlarni o‘rnatish, his-tuyg‘ularni boshqarish va strategik maqsadlarga erishishdir. Maqolada biznes diskursi tushunchasini lisoniy jihatdan o‘rganishni, uning talqinlarini, xususiyatlarini, funktsiyalarini va zamonaviy biznes olamidagi ahamiyatini, shuningdek, olamning lisoniy manzarasini tasvirlashdagi rolini tadqiq qilishni maqsad qilgan. Maqolada ko‘zlangan maqsadga erishish uchun, tavsiflash, tasniflash, tizimlashtirish usullari, analogiya, komponentli tahlil, funksional sinergetik diskurs tahlili kabi usullardan foydalanadi. Tadqiqot natijasida biznes diskursning yetti turi (rasmiy biznes diskurs turi, norasmiy biznes diskurs turi, ishonchli biznes diskurs turi, o‘rgatuvchi biznes diskurs turi, muzokaralar diskurs turi, mojarolarni hal qilish diskurs turi va hamkorlik biznes diskurs turlari) aniqlandi.