Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

ZIYOVUDDINXON IBN ESHON BOBOXONNING ARAB MAMLAKATLARIDA BO‘LGAN DASTLABKI SAFARI VA UNING NATIJALARI

ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada O‘zbekistonning birinchi muftiysi va qozisi Ziyovuddinxon ibi Eshon Boboxon faoliyati hamda O‘OQDN tashkilotining chet ellardagi faoliyatining boshlanishi haqida mulohaza yuritiladi.Bu dunyoda millatlar o‘rtasidagi rishtalar ularning dinlari,tillari va madaniyatlaridagi bog‘liklar asosida kechadi.Jumladan islom dinining 1400 yillik davrida yurtimizdan chiqqan ulamolar va ularning dinimiz rivojiga, fan va adabiyotga qo‘shgan benazir hissalari tufayli dunyo olimlarining yurtimizga qiziqishi ulkan.Sobiq SSSR jahon siyosatiga qo‘shilar ekan endi diniy ulamolar bilan ham hisoblashishga o‘zining xalqlar do‘stligi va barchaga erkinlik kabi shiorlarini namoyon qilish, o‘zining “din afyundir” degan fikrini niqoblashi zarur edi.Ana shunday qaltis siyosiy va ijtimoiy vaziyatda birinchi muftiy Eshon Boboxon ibn Abdulmajidxon va u kishining eng yaqin yordamchilari Ziyovuddinxon ibi Eshon Boboxon din va davlat o‘rtasidagi ko‘prik bo‘lib, O‘rta Osiyo musulmonlarini dunyoning boshqa yerlaridagi dindoshlari bilan yaqinlashtirdilar.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba