TO‘R PARDANING RЕGMATOGЕN KO‘CHISHI BO‘LGAN BЕMORLARDA SILIKON MOYINING TO‘R PARDA MIKROTSIRKULYATSIYASIGA TA’SIRI: ADABIYOTLAR SHARXI
Annotatsiya
Dolzarbligi. To’r pardaning regmatogen ko’chishida (TPRK) vitrektomiya jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan va SM bilan tamponada bo’lgan ko’zlarda orqa segment tomirlarining turli hududlari, shu jumladan makula va optik nervida o'zgarishlar mavjud ekanligi aniqlangan. Yangi tasvirlash texnologiyasi optik kogerent tomografiya angiografiyasi (OCT-A) to’r parda mikrosirkulyatsiyani to'g'ridan-to'g'ri ko'rishga imkon beradi va turli patologiyalar va sharoitlarda yangi tushunchalar beradi. Tadqiqot maqsadi. Regmatogen to’r pardasi ko’chgan bemorlarning SM bilan tamponada qilinganda va SM olib tashlanganda makula mikrosirkulyatsiyasida sodir bo’ladigan o’zgarishlarga bag’ishlangan adabiyotlarni ko’rib chiqish. Material va usullar. PubMed, Google Scholar maʼlumotlar bazasidan 2024-yilgacha bo’lgan batafsil adabiyot qidiruvi amalga oshirildi va mavzuga aloqador 19 ta maqolalar ajratib olindi. Natijalar. To’r parda mikrosirkulyatsiyasi turli hil tadqiqot natijalari bir biridan farq qildi. Ba’zi bir mualliflar makula mikrosirkulyatsiyasini kamayganligini qayd qilsa, boshqalari 6 oylik kuzatuvda tomirlar zichligining ortganini qayd qilishdi. Xulosalar. O’tkazilgan tadqiqotlarning natijalari bir-biriga zid bo’lganligi sababli, kelgusida ushbu sohada keng va uzoq muddatli tadqiqotlar o'tkazish zarurligini taklif qiladi.