Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBasetez oradaEkotizim uchun ochiq API
Lotin
Maqola

ENDOSKOPIK ENDONASAL DAKRIOSISTORINOSTOMIYADA DAKRIOSTOMA YARATISHNING TURLI USULLARINI QIYOSIY TAHLILI

T.B. JuraevRespublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy – amaliy tibbiyot markaziA.F. YusupovRespublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy – amaliy tibbiyot markaziM.N. TimurovRespublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy – amaliy tibbiyot markaziD.K. MaxkamovaRespublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy – amaliy tibbiyot markazi
Advanced Ophthalmologyjournal2024uz
ABI

Annotatsiya

Dolzarbligi. Hozirgi vaqtda endoskopik endonazal dakriosistorinostomia (EndoDCR) surunkali dakriosistitni jarrohlik davolashning samarali usuli hisoblanadi. Bu dakriostoma sohasida (DS) tiklanish jarayonlarining o'ziga xos kechishi va burun bo'shlig'ida sinexiyalarning shakllanishi tufayli yuzaga keladi. Tadqiqot maqsadi. Surunkali dakriotsistit bilan og'rigan bemorlarda endoskopik endonazal dakriosistorinostomia jarrohligida dakriostoma yaratishning optimal usulini aniqlash. Materiallar va usullar. Tadqiqot materialiga dakriosistitli 30 nafar bemor kiritilgan bo'lib, ular bajarilgan operatsiyaga qarab 3 guruhga bo'lingan. Natijalar. Tadqiqot natijalariga ko'ra, optimallashtirilgan lakrimal implant, ya'ni dakriostomani kengaytiruvchi vosita nafaqat dakriostoma qirralarining yopishishini oldini oladi, balki kasalliklarni davolashda zamonaviy amaliyotda qo'llaniladigan mavjud lakrimal implantatlardan farqli o'laroq lakrimal kanallarning burun bo'shlig'ida sinexiya shakllanishiga to'sqinlik qiladi. Xulosa.Ushbu kombinirlangan usuldan foydalangan holda jarrohlik aralashuvi natijasida 90,0% hollarda to`liq sog`ayishga erishildi, bu boshqa guruhdagi jarrohlik usullariga (DS ni faqat ko`z yosh qopi medial devorining bir qismini plastikasi hisobiga shakillatnirish – 50%, DS ni ko`z yosh qopi medial devorini bir qismini olib tashlab bikanalikulyar silikon implant intubatsiyasi bilan hosil qilish – 70%) nisbatan yuqori natija hisoblanadi.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba
Koʻrsatkichlar — AkademScholar · Tez orada