Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

ALOQA KORXONALARIDA XIZMAT KO‘RSATISH SAMARADORLIGINI OSHIRISHNI INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR VA KADRLAR SIYOSATI

Sanjar IbadullayevMuhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
ABI

Annotatsiya

Maqolada aloqa korxonalarida xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirish uchun innovatsion texnologiyalar va kadrlar siyosatiga oid tahlillar berilgan. Zamonaviy raqobatbardosh bozorda 5G, IoT, sun’iy intellekt va bulutli servislar kabi ilg‘or texnologiyalarni joriy qilish muhim ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlanadi. Bu texnologiyalar mijozlar bilan muomala jarayonlarini avtomatlashtirish, tezkor ma’lumot almashinuvini ta’minlash hamda xavfsizlikni oshirish imkoniyatini yaratadi. Bundan tashqari, yuqori malaka va zamonaviy texnologiyalar bilan ishlash ko‘nikmalariga ega xodimlarni jalb qilish orqali xizmat sifatini yaxshilashga erishiladi.Maqolada, shuningdek, 5G tarmoqlarini barpo qilish, IoT orqali qurilmalarni monitoring qilish, sun’iy intellekt orqali xizmat jarayonlarini optimallashtirish va bulutli texnologiyalar orqali ma’lumotlarni markazlashtirilgan tarzda saqlash masalalari ko‘rib chiqilgan. Ushbu choralar orqali aloqa korxonalari mijozlar uchun yuqori sifatli xizmat ko‘rsatishni ta’minlab, bozorda o‘z raqobatbardoshligini mustahkamlay olishi to‘g‘risida takliflar bildirilgan.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba