Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

OʻZBEKISTONDA TURIZM RIVOJI VA KADRLAR TAYYORLASHDAGI MUAMMOLAR

ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada Oʻzbekistonda turizm sohasidagi iqtisodiy va taʼlim jarayonlaridagi muammolar, ularni bartaraf etish yoʻllari va kadrlar yetishmovchiligining taʼsiri muhokama qilinadi. Muallif turizm sohasida yetuk va yuqori malakali mutaxassislarga boʻlgan ehtiyoj ortib borayotganini taʼkidlab, Mamlakatda kadrlarni tayyorlashning hozirgi amaliyoti koʻproq nazariy bilimlarga asoslanib, talabalarning amaliy koʻnikmalari kam rivojlanganligi qayd etgan. Shu maʼnoda taʼlim dasturlari va kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish, turizm korxonalari bilan hamkorlikni kuchaytirish, biznes vakillari va universitetlar oʻrtasida oʻzaro manfaatli hamkorlik tizimini yaratish zaruriyatiga eʼtibor qaratilgan. Shu bilan birga, turizmda xalqaro darajadagi standartlarni qoʻllash muhimligi, bu orqali turistik xizmatlar sifatini oshirish va mamlakatning iqtisodiy rivojlanishiga ijobiy taʼsir koʻrsatish masalalari ham keng yoritilgan.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba