Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

FALSAFIY TAFAKKURNI RIVOJLANTIRISHDA ANALITIK VA KRITIK YONDASHUVLAR

ABI

Annotatsiya

Falsafa fanini oʻqitishda analitik va kritik yondashuvlarning ahamiyati talabalarning fikrlash jarayonlarini chuqurlashtirishga yordam beradi. Ushbu maqolada, avvalo, analitik tafakkurning falsafiy masalalarni tahlil qilishdagi roli va uning amaliy qoʻllanilishi haqida soʻz boradi. Analitik yondashuvlar orqali talaba gʻoyalarni tizimli ravishda ajratish, taqqoslash va chuqur tahlil qilish koʻnikmalarini oʻzlashtiradi. Shuningdek, kritik tafakkur yondashuvi, yaʼni fikrlashni sinchkovlik bilan tahlil qilish, argumentlar va qarashlar oʻrtasidagi farqlarni aniqlash, toʻgʻri va notoʻgʻri fikrlarni ajratish jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolada, analitik va kritik tafakkurning taʼlim jarayonida qanday rivojlanishi, ularni oʻqitishda qanday metodologiyalar yordamida samarali qoʻllash mumkinligi, shuningdek, falsafa fani talabalarining fikrlash darajasini oshirishdagi roli haqida bahs yuritiladi. Zamonaviy oʻqitish metodlari, jumladan, interaktiv oʻrganish va guruh muhokamalari orqali analitik va kritik tafakkur koʻnikmalarini shakllantirish usullari tahlil qilinadi.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba