Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

XIX ASR OXIRI – XX ASR BOSHLARIDA SAMARQAND VILOYATI BOZORLARI VA KARVONSAROYLARI TARIXI

ABI

Annotatsiya

Mazkur ishda XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Samarqand viloyatining bozorlari va karvonsaroylari faoliyati, ularning iqtisodiy va madaniy hayotdagi oʻrni tahlil qilinadi. Samarqand bozorlari Oʻrta Osiyoning savdo markazi sifatida mahalliy ishlab chiqaruvchilar va xalqaro savdogarlar oʻrtasidagi aloqalarni mustahkamlashda muhim rol oʻynagan. Buyuk ipak yoʻli davomida shakllangan karvonsaroylar savdogarlar va karvonlar uchun strategik maskan sifatida xizmat qilgan. Qolaversa, tadqiqot ishida Rossiya imperiyasi davrida savdo infratuzilmasida yuz bergan oʻzgarishlar, jumladan, temiryoʻlning qurilishi, yangi savdo imkoniyatlari va Rossiya bilan iqtisodiy aloqalarning kuchayishi oʻrganilgan. Karvonsaroylarning tuzilishi, ularning logistika va madaniy aloqalar rivojidagi roli batafsil koʻrib chiqiladi. Samarqandning bozorlari va karvonsaroylari nafaqat iqtisodiy, balki madaniy-muloqot markazi sifatida ham muhim ahamiyatga ega boʻlgan.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba