Magnit maydonida tok o‘tkazuvchi mikroelementning magnitoelastik tebranishini modellashtirish
Annotatsiya
Magnitoelastik materiallar kelajakda yangi qurilmalar va tizimlarning rivojlanishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan aqlli materiallar va nanotexnologiya kabi yangi texnologiyalardan foydalanish uchun olib borilayotgan izlanishlar muhim ahamiyat kasb etmoqda. O‘zgaruvchan magnit maydon o‘tkazuvchan materialda qo‘shimcha mexanik kuchlanish va deformatsiyaga olib kelishi mumkin bo‘lgan induksiyali oqimlarning paydo bo‘lishiga olib keladi. Magnit maydon ta’sirida magnitoelastik materialning o‘lchami va shaklining o‘zgarishi mumkin. Magnitostriksiyaning teskari ta’sirida materialdagi mexanik kuchlanish uning magnit xususiyatlarining o‘zgarishiga olib keladi. Mexanik tebranishlar va elektromagnit maydonlar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir rezonans hodisalariga olib kelishi mumkin. Ishda magnit-elektro-termo-elastik bog‘lanishlarni hisobga olgan holda qobiq shaklidagi mikroelementnig magnitoelastik tebranishi matemarik modellashtirilgan. Sonli natijalar taxlil qilingan.