Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

YENIN ALDEGIDLARINING STEREOKIMYOSI: RENTGEN STRUKTURAVIY TAHLIL, YADRO-MAGNIT REZONANSI VA KVANT KIMYOVIY HISOBLAR NATIJALARI ASOSIDA

Tohir Xasanboyevich AbdulloyevState Scientific Institution Institute of Chemistry named after V.I. Nikitin of the National Academy of Sciences of Tajikistan
ABI

Annotatsiya

Ishda yenin dihidroksi-aldegidlarini sintez qilish sharoitlarini ishlab chiqish va ularning konformatsion barqarorligiga ta’sir qiluvchi omillarni aniqlash bo‘yicha tadqiqot natijalari keltirilgan. Yenin dihidroksi-aldegidlarini olish uchun eng samarali oksidlovchi sifatida MnO₂ tanlandi. Asetilen, etilen bog‘lari va karbonil guruhining tebranish chastotalarini har bir izomer uchun hisoblangan bog‘ uzunliklari va molekuladagi elektron zichligi taqsimlanishi bo‘yicha kvant kimyoviy ma’lumotlar bilan taqqoslash shuni ko‘rsatdiki, bog‘larning tartibi pasayganda molekulalarning konformatsion erkinligi ortadi va bu valent tebranish chastotalarining yuqori chastotali sohalarga siljishiga olib keladi. O‘rganilgan konformatsiyalar uchun elektron zichligining taqsimlanishi (Maliken zaryadlari) va konjugatsiya tizimiga jalb qilingan bog‘ uzunliklari hisoblandi. Natijada, uglerod-uglerod bog‘larining tartibida o‘zgarishlar aniqlangan. Kvant kimyoviy hisob-kitoblar natijalari asosida izomerik yenin dioksi-aldegidlarning IQ va PMR spektrlaridagi yutilish chiziqlarini tasniflash mumkin bo‘ldi. Tadqiqotlar Z-izomer dioksi-aldegidida konjugatsiya tizimining kompplanarligi buzilganligini ko‘rsatdi. Aldegid protonining etilen bog‘idagi yaqin proton bilan spin-spin o‘zaro ta’sir konstantalaridagi (SSO'TK) farqlar yenin dioksi-aldegidlardagi kompplanarlik buzilishiga dalolat beradi.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba