FORMATIV BAHOLASH ORQALI 3-SINF OʻQUVCHILARINI TANQIDIY FIKRLASHGA OʻRGATISH USULLARI
Annotatsiya
Boshlangʻich sinf oʻquvchilarining bilim darajasi hamda oʻzlashtirish jarayonini doimiy baholab borish ta’lim-tarbiya samaradorligini ta’minlovchi muhim omillardan biri sanaladi. Bunda muvaffaqiyatga erishish vositasi sifatida formativ baholashdan foydalaniladi. Ushbu maqolada formativ baholash orqali 3-sinf oʻquvchilarini tanqidiy fikrlashga oʻrgatish hamda mantiqiy, ijodiy tafakkurini rivojlantirish usullari rivojlangan mamlakatlar tajribasi, pedagogika sohasidagi olimlarning ilmiy tadqiqotlari natijalari asosida atroflicha oʻrganildi. Qolaversa, oʻquvchilarda tanqidiy fikrlashni shakllantirish boʻyicha maxsus tizimli ishlarga ehtiyoj borligi, buning uchun oʻquvchilarni maxsus tayyorlash zarurligi koʻrsatib oʻtilgan. Oʻquvchilarning tanqidiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirishda ularning obyektiv va subyektiv munosabatlarini rivojlantirish bilan birga dars jarayonidagi didaktik topshiriqlar, turli metodikalar, oʻquvchilarga pedagogik taʼsir koʻrsatish mexanizmlarini ishlab chiqish talab etiladi. Mazkur maqola ustida ishlash jarayonida kuzatish, soʻrovnoma, test va empirik tadqiqot metodlaridan foydalanilgan.