YASMIQ NAV NAMUNALARINING OʻSUV DAVRI DAVOMIYLIGI
Annotatsiya
Oʻsuv davrining davomiyligiga qarab seleksion materiallar (navlar) 3 guruhga boʻlinadi: Tezpishar, oʻrtapishar va kechpishar. Bularning ishlab chiqarishda uchalasining ham ahamiyati boʻlib, ekinning turi, ekiladigan joyning imkoniyati, xususiyati va ekinning maqsadiga qarab erta pishar, oʻrtapishar yoki kechpishar navlar ekilishi mumkin. Lekin aksariat hollarda ertapishar navlardan foydalanishga koʻproq e’tibor beriladi. Shuning uchun ekinlarning tezpishar navlarini yaratish seleksiyaning asosiy vazifalaridan biridir. Chunki, oʻsimlik urug’idan unib chiqqandan uning hosili toʻla pishgungacha boʻlgan davr yoki vegetasiya davri qancha qisqa boʻlsa, hosil shuncha oz muddat ichida sifatli, nobudgarchiliksiz yig’ishtirib olinadi.