Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

REKLAMA MATNLARIDA NEOLOGIK BIRLIKLARNING QO‘LLANISHI

Dilnoza SobirovaBuxoro davlat universiteti doktoranti, PhD
ŬzMU habarlari.journal2024uz
ABI

Annotatsiya

Reklamalar kundalik hayotimizning ajralmas qismiga aylanib qolganki, istaymizmi, yo‘qmi har qadamda ularga duch kelamiz. Ularda qo‘llanayotgan matn, so‘zlar, tasvir, ohang, ranglar… kishi e’tiborini jalb qilish, xaridorlarni “chaqirish” maqsadida kopirayterlar tomonidan puxta o‘ylanib tanlanadi. Reklama matnlarida qo‘llanilayotgan so‘zlarning adresatlar uchun tushunarli bo‘lishi uning muhim talablaridan biridir. Shu bilan birga, reklamada adresatlar kundalik hayotda qo‘llab kelayotgan birliklarning ifodalanishi reklamalarning samarali bo‘lishini ta’minlaydi, ya’ni reklama qilinayotgan mahsulotni maqsadli auditoriyaga yaqinlashtiradi. Ushbu maqolada tilimizga kirib kelayotgan yangi so‘zlar – neologizmlar, ularning tilga o‘zlashtirilishi, shu bilan birga, reklama matnlarida faol qo‘llanishda ekanligi xususida so‘z yuritiladi. Reklama matnlarida qo‘llangan neologik birliklar tahlilga tortiladi.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba