AYRIM GETEROATOMLI ALDEGIDLARNI ATSETILEN ISHTIROKIDA ALKINILLASH REAKSIYALARI
Annotatsiya
Ilk bor ProPhenol/Me2Zn/ТGF katalitik sistemasi yordamida molekulasi tarkibida geteroatom o‘rinbosarlar saqlagan aldegidlar- tiofen-2-karbaldegid, 3-metiltiofen-2-karbaldegid, furan-2-karbaldegid, piridin-3-karbaldegid, хinolin-2-karbaldegid va 3-brom4-piridinkarbaldegidlarni atsetilen bilan аlkinillash reaksiyasi asosida atsetilen spirtlari sintez qilish jarayoni amalga oshirildi. Mahsulot unumiga boshlang‘ich moddalar mol nisbatlari, reaksiya davomiyligi, harorat, katalizator va erituvchilar tabiati ta’siri tizimli ravishda o‘rganilgan. Aldegidlar mоlekulasidagi geteroatomlarning mahsulot unumiga ta’siri asosida atsetilen spirtlarining hosil bo‘lish samaradorlik qatori aniqlangan hamda ularning tarkibi, tozaligi, tuzilishi fizik-kimyoviy usullarda identifikatsiyalangan.