Yo‘l o‘tkazgichlariga qo‘yiladigan asosiy talablar va funksiyalar parametrlari
Annotatsiya
Ushbu tadqiqot ishida yo‘l transport inftatuzilma tizimining asosiy elementlaridan biri yo‘l o‘tkazgichlariga qo‘yiladigan asosiy talablari yoritilgan. Shaharlarda aholi va transport vositalarini sonining oshishi yo‘l transport tizimida yangi zamonaviy va jahon standartlariga ega yo‘l o‘tkazgichlarini qurish talab etiladi. Yo‘l o‘tkazgichlar aholi yashash punktlarida tirbandlikni hamda transport kesishmalarini bartaraf etish uchun foydalaniladigan muhim muhandislik inshootlari hisoblanadi. Shuningdek,rivojlangan davlatlarda transport oqimining kundan kunga ortib borishi yo‘l o‘tkazgichlar, ko‘priklar, piyodalar xavfsiz harakatlanishini ta’minlashga mo‘ljallangan estakadalar yaratish zaruriyatini keltirib chiqarmoqda