Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

BARQAROR IQTISODIY O‘SISHNI TA’MINLASHDA DAVLAT XUSUSIY SHERIKCHILIGI ASOSIDAGI KORXONALARINING O‘RNI

Elnorakhon MuminovaFarg‘ona davlat texnika universiteti Iqtisodiyot kafedrasi professoriXumoyun TalabovOziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro instituti magistranti
ABI

Annotatsiya

Maqolada O‘zbekiston Respublikasida davlat-xususiy sheriklik (DXSh) asosidagi korxonalarning iqtisodiyotga ta’siri va ularning faoliyatini takomillashtirish yo‘llari tahlil qilinadi. Mamlakatimizning transport va infratuzilma tarmoqlarini rivojlantirishga qaratilgan strategik rejalari, DXSh modelini keng joriy etish orqali davlat byudjeti yukini kamaytirish, iqtisodiy o‘sishni tezlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, transport-logistika tarmoqlaridagi yangilanishlar, jumladan, temiryo‘l, avtomobil, havo va quvur yo‘llari infratuzilmasini rivojlantirishda davlat-xususiy sheriklikning roli hamda texnologik innovatsiyalar, raqamli transport xizmatlarining sohadagi o‘rni ko’rib chiqladi. Maqolada, shuningdek, davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirilayotgan loyihalar, mintaqaviy farqlarni kamaytirish va mahalliy tadbirkorlikni rivojlantirishga qo‘shayotgan hissasi, iqtisodiyotning barqaror rivojlanishiga qanday ta’sir ko‘rsatishi muhokama qilinadi. Shu bilan birga DXSh modelining O‘zbekiston iqtisodiyotidagi ahamiyatini, uning barqaror o‘sishga qanday xizmat qilishini va transport infratuzilmasini modernizatsiya qilishdagi rolini yoritadi.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba