Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

NASRIY VA SHЕ’RIY MATNLARDA ZOOSIMVOLLARGA XOS MIFOLOGIK RAMZIY MA’NONING PRAGMATIK XUSUSIYATLARI (ilon obrazi fransuz va o‘zbek tili materialida)

Sadokat KUCHKOROVASamarkand State Institute of Foreign Languages
ABI

Annotatsiya

Ilon obrazi qadimiy mifologik arxetiplardan biri bo‘lib, turli madaniyatlardagi matnlarda chuqur ma’no va ramziy mazmunga ega ekani bilan ajralib turadi. Xususan, fransuz va o‘zbek madaniyatlarida ushbu obrazning ikki tomonlama ramziy ahamiyati yaqqol namoyon bo‘ladi. Bir tomondan, ilon donolik, qayta tug‘ilish va himoya timsoli sifatida talqin etilib, bu jihatlar ilonning teri yangilashi bilan bog‘liq holda uzoq umr, sir-asror va donishmandlik belgisi sifatida qaraladi. Sharq, jumladan, turkiy mifologiyada ilon o‘z oilasini qo‘riqlovchi, sodiq va dono mavjudot sifatida tasvirlanadi. Fransuz madaniyatida esa ilon obrazi ko‘pincha ma’rifat, ichki kuch va ruhiy uyg‘onish ramzi bilan uyg‘unlashgan. Boshqa tomondan, ko‘plab mifologik tizimlarda u vasvasa, halokat va yovuz kuchlarning timsoli sifatida namoyon bo‘ladi. Mazkur maqolada fransuz va o‘zbek tillaridagi nasriy hamda she’riy matnlarda ilon obrazining ifodalanishi misolida zoosimvollarning mifologik va ramziy ma’nolari, ularning pragmatik xususiyatlari o‘rganiladi. Shuningdek, ushbu obrazning madaniy va mifologik kontekstdagi ahamiyati hamda matnda badiiy ma’no shakllantirishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Ikkala madaniyatda ilon timsolining ramziy mazmuniga oid o‘xshashlik va farqlar aniqlanib, zoosimvollarning madaniy kodlarni yetkazishdagi vositachilik roli hamda o‘quvchining matnni idrok etishiga ta’siri yoritiladi.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba