Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

TOLERANTLIK TUSHUNCHASI VA UNING LINGVISTIK MOHIYATI

Nizomiddin LAPASOVUzbekistan State World Languages University
ABI

Annotatsiya

Maqolada tolerantlik tushunchasining lingvistik tahlili axloqiy me’yorlar va qadriyatlarni ifodalash bilan bog‘liq kategoriyalarni o‘z ichiga olishi bilan ahamiyatli ekanligi hamda semantik, pragmatik va diskurs tahlili asosida ko‘rib chiqiladi. Adabiyotlarda tolerantlik tushunchasi til va kommunikativ kompetensiyaning natijasi sifatida tavsiflanib, shaxsning emotsional barqarorligi bilan bog‘liq va uyg‘un emotsional o‘zaro ta’sirni shakllantiruvchi til vositalari orqali amalga oshiriladi. Shu bilan bir qatorda, lingvistik ma’noda, tolerantlik kategoriyalari ham universal, ham o‘ziga xos madaniy xususiyatlarni birlashtiradi. Shuningdek, turli diniy matnlarda tolerantlik tushunchasi bag‘rikenglik, o‘zaro hurmat, insonlarning ijtimoiy hayotda tinch-totuv yashashini aks ettirib, o‘ziga xos madaniy xususiyatlarni birlashtirishda muhim ro‘l o‘ynashi bilan ahamiyatlidir. Shunday qilib, tolerantlik lingvistik jihatdan maxsus semantik maydonni shakllantiruvchi leksik, grammatik va pragmatik vositalar tizimi orqali voqelanadi. Bunda turli tillar va madaniyatlarda tolerantlik konsepti o‘zining universal mag‘zini (tafovutlarni qabul qilish, boshqalarga hurmat) saqlagan holda, o‘ziga xos milliy-madaniy konnotatsiyalarni kasb etadi, bu uning ham semantik tuzilishida, ham tilda ifodalanish xususiyatlarida namoyon bo‘ladi.

Hali tarjima qilinmagan

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba