BIZNES TERMINLARINING LEKSIK HAMDA SEMANTIK XUSUSIYATLARI
Annotatsiya
Ushbu maqolada biznes terminlarining leksik va semantik xususiyatlari tadqiq etiladi. Biznes sohasidagi terminlarning paydo bo‘lishi, ularning semantik tahlili, o‘zbek tiliga tarjima qilish jarayonidagi o‘ziga xosliklari va ularning xalqaro miqyosda ishlatilish ko‘lamiga alohida e’tibor qaratilgan. Shuningdek, maqolada biznes terminologiyasining zamonaviy rivojlanish omillari, ularning kommunikativ vazifasi va ijtimoiy ahamiyati yoritib beriladi. Tadqiqot jarayonida lug‘at materiallari, xalqaro hujjatlar va ilmiy adabiyotlar asosida leksik-semantik tahlillar olib borildi. Maqola biznes terminologiyasi bo‘yicha ilmiy-amaliy izlanish olib boruvchi tadqiqotchilar, tarjimonlar va tilshunoslar uchun muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.