BOʻLAJAK BOSHLANGʻICH TAʼLIM OʻQITUVCHILARINING INNOVATSION KASBIY MAHORATINI OSHIRISH MUAMMOLARI
Annotatsiya
Boshlang‘ich ta’lim o‘quvchilarda dastlabki yozish, o‘qish, tanqidiy va kreativ fikrlash ko‘nikmalarining shakllantirilishida muhimbosqich sanaladi. Boshlang‘ich sinflarda izchil va tadrijiy tashkil etilgan dars samaradorlikning oshishiga hissa qo‘shadi. Bundapedagogning roli muhim. Innovatsion tadqiqot metodlarini o‘rganish va amaliyotga joriy etish orqali o‘quvchilarda o‘zlashtirishko‘rsatkichini sezilarli ravishda oshirish mumkin. Bugungi kunda ta’lim sohasidagi eng ustuvor masalalardan biri o‘qituvchilar kasbiymahoratini oshirish va bu boradagi mavjud muammolarni bartaraf etishdan iborat. Maqolada o‘qituvchilar innovatsion kasbiy mahoratinioshirish bilan bog‘liq muammolar va ularning amaliy yechimi xususida ayrim mulohazalar o‘rin oladi.