Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

UNIVERSITET TALABALARINI INGLIZ TILIGA O‘RGATISHDA XORIJIY PLATFORMALARDAGI VIDEO KONTENTDAN FOYDALANISH

Nilufar SULEYMANOVA“Alfraganus university” Nodavlat oliy ta’lim tashkiloti dotsenti, PhD
ŬzMU habarlari.journal2025uz
ABI

Annotatsiya

Ushbu tadqiqot universitet talabalari uchun chet tilini o‘rgatishda xorijiy platformalardagi videokontent, xususan TED Talks dan foydalanish samaradorligini tahlil qiladi. Tadqiqot jarayonida tajriba va nazorat guruhlari taqqoslanib, videoma’ruzalar asosida ta’lim olayotgan guruhning natijalari sezilarli darajada yuqoriligi aniqlangan. Tadqiqotda Studentning t-kriteriyasi yordamida ma’lumotlar tahlil qilinib, eshitish va gapirish (p < 0,001), o‘qish (p < 0,01) hamda yozish (p < 0,05) bo‘yicha ahamiyatli farqlar kuzatilgan. Bundan tashqari, talabalar TED Talks ni ta’lim jarayoniga integratsiya qilishni ijobiy baholab, motivatsiya oshgani va mustaqil o‘rganish ko‘nikmalari rivojlanganini qayd etishgan. Tadqiqot natijalari zamonaviy ta’limda multimodal o‘qitish vositalaridan samarali foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish uchun muhim ahamiyatga ega.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba