ITALYAN TILIDA UNDOV SOʻZLARINING NUTQ EMOTSIONALLIGINI OSHIRISHDAGI OʻRNI (MANZONINING ‘‘I PROMESSI SPOSI’’ ASARI MISOLIDA)
Munisxon OTAXONOVAO‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti magistrantiBaxora ERGASHOVAO‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti mustaqil tadqiqotchisi
ABI
Annotatsiya
Ushbu ishda Italiyaning mashhur yozuvchisi Alessandro Manzonining ‘‘I Promessi Sposi’’ asarida undov so'zlarining nutq emotsionalligini oshirishdagi oʻrni oʻrganiladi. Undov soʻzlar, ya’ni his-tuygʻularni ifodalovchi soʻzlar, asar qahramonlarining ichki dunyosini va hissiyotlarini kuchaytirishda muhim rol oʻynaydi. Manzoni, oʻz asarida undov soʻzlardan foydalanish orqali qahramonlarining qaygʻu, sevgi, umid va qoʻrquv kabi his-tuygʻularini jonlantiradi. Bu soʻzlar, oʻquvchiga qahramonlar bilan birga his qilish imkonini berish orqali voqealarning ta’sirini kuchaytiradi. Asarda qoʻllaniladigan undov soʻzlar misollari, ularning kontekstdagi oʻrni va nutqning emotsional yukini qanday oshirishi koʻrsatiladi.
Mavzular
Identifikatorlar
Iqtiboslar va manbalar
0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba