Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

FARG‘ONA VODIYSI SUG‘ORILADIGAN YERLARIDA AGROIRRIGATSION QATLAMLARNING SHAKLLANISHI VA UNING XOSSALARI

G‘ulom YULDASHEVFarg‘ona davlat universiteti, tuproqshunoslik kafedrasi professori, q.x.f.d., professorGo‘zalxon SOTIBOLDIYEVAFarg‘ona davlat universiteti, tuproqshunoslik kafedrasi dotsenti, b.f.f.d. (PhD),Xusnidaxon ABDUXAKIMOVAFarg‘ona davlat universiteti, tuproqshunoslik kafedrasi dotsenti, b.f.f.d. (PhD),Madinabonu MUXAMMADJONOVAFarg‘ona davlat universiteti, tuproqshunoslik kafedrasi magistranti
ŬzMU habarlari.journal2025uz
ABI

Annotatsiya

Maqolada So‘x daryosining konus yoyilmasida shakllangan dastlabki tuproqlar ustida agroirrigatsion qatlamlarning shakllanishi, sug‘orish suvlarining tarkibi, loyqalilik darajasi uning mexanik tarkibi keltirilgan bo‘lib, fizik-kimyoviy va biologik xossalariga ta’siri hamda o‘zgarishi tahlil qilingan. So‘x daryosi qalqindisi, ya’ni loyqa miqdorining ko‘pligi bilan Janubiy Farg‘ona daryolarining ichida yetakchilik qilishiga alohida e’tibor qaratilgan. Daryoning konus yoyilmasida allyuvial-prollyuvial yotqiziqlar ustida shakllangan sug‘oriladigan kolmatajlangan tuproqlarning shakllanishida daryo qalqindilari yetarli darajada genezis vazifasini bajarishi va har xil qalinlikdagi agroirrigatsion qatlamlarni shakllanishi yoritilgan. Kalit so‘zlar: agroirrigatsion qatlam, konus yoyilma, akkumulyatsiya, daryo suvlari, dehqonchilik, kimyoviy tarkib, suvning loyqalilik darajasi, qalqindi, mexanik tarkib.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba