ADABIY TIL LEKSIKASINING SHEVA SOʻZLARI BILAN BOYITILISHI: TAJRIBALAR, TAKLIFLAR
Annotatsiya
Bu maqolada sheva soʻzlarining adabiy til leksikasini boyitish imkoniyatlari haqida mulohazalar bildirilgan. Ma’lumki, jahondagi har bir xalq o‘z tarixi, madaniyati va taraqqiyotini o‘z qo‘li bilan bunyod etadi. O‘zga millatdan farqlanib turishiga va oʻzligini anglashga xizmat qiluvchi ona tilining rivojlanishi va taraqqiyotini ta’minlash ham shu xalqning eng muhim va birlamchi vazifalaridan biridir. Zero, muayyan xalqning betakrorligini, o‘ziga xosligini ko‘rsatuvchi til, madaniyat, urf-odat va qadriyatlarning yaratilishi, saqlanishi, rivojlanishi shu xalqning umummilliy faoliyatiga bog‘liq. Tarix saboqlaridan shu narsani anglab yetgan o‘zbek xalqi ham o‘z madaniyatini, xususan, tilini imkon qadar sof saqlashga, tafakkur va madaniyat rivojiga hamohang ravishda rivojlantirishga harakat qilmoqda. Bu esa bizni — shu til egalarini sergaklikka, hushyorlikka, til milliyligini saqlashda faollikka undaydi. Maqolada mazkur masalada milliy tilshunoslik tajribalari haqida qisqacha tavsif berilgan va ularning natijadorligi haqida fikrlar aytilgan. Shuningdek, oʻtgan asrda shevalarning oʻrganilishi, izohli lugʻatning yaratilishi va unda sheva soʻzlarining aks etishi boʻyicha kuzatish natijalari bayon etilgan. Sheva soʻzlarining adabiy til leksikasiga qabul qilinish jarayonlari va uning lingvistik jihatlari lugʻatchilik tajribalari asosida izohlangan. Soʻnggi yillarda mazkur masalalarga qaratilgan ishlar haqida ham ma’lumot berilgan. Mazkur jabhadagi ishlar bugungi kunda til sofligi va mukammalligi uchun xizmat qilishi asoslangan. Shuningdek, bugungi kunda shevalarda qoʻllanayotgan va adabiy til leksikasini toʻldirishi mumkin boʻlgan ayrim soʻzlarning lingvistik imkoniyatlari ochib berilgan.