Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

“NASOYIM UL-MUHABBAT” TAZKIRASINING DINIY-IRFONIY MANBALARI

Sevara PARMONOVATashkent State University of Uzbek Language and Literature named after Alisher Navoi
ABI

Annotatsiya

Mazkur tadqiqot-maqola uchun Alisher Navoiy merosining yirik namunalaridan biri — “Nasoyim ul-muhabbat min shamoyim-il futuvvat” tazkirasi tadqiqot obyekti sifatida olingan. Tazkiraning mazmun-mohiyati uning g‘oyasi shakllanishiga asos bo‘lgan manbalar — Qur’on oyatlari va sahih hadislar asosida tadqiq etilgan. Asarda qo‘llanilgan tasavvufiy tushunchalar, avliyolar haqidagi biografik ma’lumotlar va irfoniy g‘oyalar islomiy manbalar bilan uzviy bog‘liqlikda tahlil qilingan. “Nasoyim ul- muhabbat” tazkirasi Alisher Navoiyning ustozi Abdurahmon Jomiy qalamiga mansub “Nafahot ul-uns min hazarot il-quds” tazkirasining erkin — ijodiy tarjimasi bo‘lib, tazkirani yozishda, Navoiy, ko‘pgina o‘rinlarda Qur’on oyatlariga, payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.)ning hadislariga tayangan. Ba’zi o‘rinlarda bunday oyat va hadislar qayta-qayta keltirilgan va butun tazkira bo‘ylab g‘oyaviy ma’noni boyitishga xizmat qilgan. Mazkur maqolada Qur’oni karimdagi ayrim oyatlar va hadislar sharh va tahlillariga asoslanib, tazkiradagi irfoniy qarashlarning — tafakkurning shakllanish omillari aniqlanadi. Shu bilan birga, Navoiy ijodidagi diniy-ma’rifiy tafakkurning manbaviy asoslarini aniqlash orqali adibning tasavvufga oid qarashlari tahlil qilindi.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba