Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

TURIZM INFRATUZILMASINING MAZMUNI, MOHIYATI VA O‘ZIGA XOSLIGI

Asilbek TohirovToshkent Kimyo xalqaro universiteti
ABI

Annotatsiya

Ushbu tadqiqot ishida turizm infratuzilmasi mazmuni tahlili o‘rganilib, mamlakatning transport tarmoqlari, raqamli (smart) xizmatlar, ekologik monitoring va favqulodda holatlarga moslashuvchanlik komponentlarini o‘z ichiga olgan kompleks yondashuv asosida infratuzilma holatini baholashni ko‘zlaydi. Tadqiqotda transport infratuzilmasi, smart tourism ilovalari, yashil infratuzilma va pandemiyagacha hamda undan keyingi moslashuv (resilience) omillari tahlil qilinadi. Shu bilan birga, mintaqaviy nomutanosiblik va raqamli inklyuzivlik muammolari ham yoritiladi, yaxshilash bo‘yicha amaliy choralar tahlil qilinadi. Tadqiqotdan asosiy maqsad turizm infratuzilmasini integratsiyalashgan baholash modeliga asoslanib o‘rganish, mavjud kuchli va zaif tomonlarni aniqlash va favqulodda vaziyatlarda moslashuvchanlikni oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish. Shuningdek, ushbu tadqiqot siyosatchilar va davlat boshqaruvi organlari, turizm sohasi operatorlari va raqamli platformalar egalari, akademik tadqiqotchilar va oliy ta’lim muassasasi talabalari, mahalliy jamoalar va mintaqaviy rivojlanish mutaxassislari hamda ekologiya va atrof-muhitni boshqarish tashkilotlari va urbanizatsiyani rivojlantiruvchi soha mutaxasislariga ahamiyatli hisoblanadi. Tadqiqotning ilmiy yangiligi turizm infratuzilmasini transport, smart xizmatlar, ekologik monitoring va moslashuv komponentlarini birlashtirgan baholash modeli va empirik indikatorlar to‘plamini ishlab chiqish orqali mavzuga yangi nazariy va amaliy hissa qo‘shadi

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba