Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

PLATINOIDLARNI QAYTA ISHLASHDAN HOSIL BO‘LGAN CHIQINDILARIDAN PLATINA VA PALLADIYNI AJRATIB OLISH TEXNOLOGIYASINI TADQIQ QILISH

Shahboz Shermamato‘g‘li Turdiyev(DSc), Qarshi davlat texnika universiteti, Qarshi, O‘zbekistonBarkamol Eshdavlato‘g‘li G‘aniyevMagistr, Qarshi davlat texnika universiteti, Qarshi, O‘zbekistonAbbos Ruslanovich BoboxonovTalaba, Qarshi davlat texnika universiteti, Qarshi, O‘zbekiston
ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada “Olmaliq KMK” AJ kon-metallurgiya majmuasida platinoidlar ishlab chiqarishidan hosil bo‘lgan texnogen chiqindilardan palladiy va platinani ajratib olishning laboratoriya asosidagi kompleks texnologiyasi tadqiq etildi. Jarayon zanjiri quyidagicha optimallashtirildi: tiokarbamid eritmasi bilan Pd-kompleksni cho‘ktirish (70–90 g/l, 25–30 daq, E=94–96%), cho‘kmani 550–600°C da termik parchalatish, so‘ng shoh arog‘ida eritish (100 g mahsulotga ~2 l, 1–2 soat). Eritmadan platinani selektiv cho‘ktirish uchun NH4Cl qo‘llanildi ((NH4)2[PtCl6]), palladiy esa eritmada saqlanib qoldi. Pd-eritmasi ammiak bilan [Pd(NH3)4]Cl2 ko‘rinishiga o‘tkazilib, HCl muhitida XPZ – [Pd(NH3)2Cl2] cho‘kmaga aylantirildi; yakunda gidrazin (zaruratda chumoli kislota) bilan metall Pd gacha qaytarildi. Taklif etilgan oqim sxemasi 17 ta operatsiyadan iborat bo‘lib, umumiy davomiylik 24–26 soatni tashkil etdi; palladiy ajralish darajasi 55% dan 84% gacha oshirildi, yakuniy Pd kukuni tozaligi 99,5–99,94% ga yetdi. Texnologiya reagent sarfi va energiya iste’moli bo‘yicha iqtisodiy samarali hamda chiqindi maydonlaridagi ekologik yukni kamaytirishga xizmat qiladi.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba