Ingliz jinoyat huquqida “zarar yetkazish prinsipi” (harm principle) va ijtimoiy xavfli oqibat (result crimes) konsepsiyasilarining o‘ziga xos xususiyatlari: qiyosiy-huquqiy tahlil
Annotatsiya
Mazkur maqolada tadqiq etishning mantiqiylik, induksiya, deduksiya, tizimlilik, mantiqiy-yuridik, qiyosiy-huquqiy metodlaridan keng foydalanilgan. Jumladan, birinchi navbatda ingliz jinoyat huquqida “zarar yetkazish prinsipi” (harm principle) va ijtimoiy xavfli oqibat (result crimes) konsepsiyasilarining qiyosiy-huquqiy tahlil qilingan holda batafsil bayon qilingan. ingliz jinoyat huquqida inson huquqi va jamiyat farovonligini himoya qilish maqsadida jinoyat qonunlari faqat boshqalarga zarar yetkazishni oldini olish uchun qo‘llanishi lozimligi “zarar yetkazish” (harm principle) tamoyili mavjudligi va ular to‘g‘risidagi olimlarning ilmiy yondashuvlari atroflicha bayon qilingan. Jumladan, Angliya va Uels qonunlarida “zarar yetkazish” (harm Principle) tamoyili nazariy jihatdan jinoyat qonunchiligi uchun yo‘l-yo‘riq belgilovchi eng muhim tamoyillardan biri hisoblanishi va amalda esa faqat jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatlarga yetkazilgan ishonchli zarar muayyan dalillar bilan isbotlansa jinoyat deb qaralishi aytilgan. Angliya va AQSh jinoyat huquqi an’anaviy umumiy huquq (common law) tizimlariga asoslangan bo‘lib, jinoyatning tashqi (actus reus) va ichki (mens rea) tarkibiy qismlari mavjudligi va bu tizimda ko‘plab jinoyatlar “jinoiy oqibat”li (result crimes)” bo‘lib, ya’ni jinoyat sodir bo‘lish uchun ma’lum zararli oqibat zarurligi bayon qilingan. “Jinoiy oqibat”(result crimes) tushunchasi ingliz jinoyat huquqida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ijtimoiy xavfli oqibatga bog‘langan jinoyatlarni qamrab oladi. Masalan, qasddan odam o‘ldirish (murder), umumiy qasd bilan qamrab olingan oddiy odam o‘ldirish (manslaughter), yondirish (arson), og‘ir tan jarohati yetkazish (grievous bodily harm) kabilar shular jumlasidandir. Ushbu maqolada ingliz jinoyat huquqida zarar yetkazish tamoyili(harm principle)ning bir necha yo‘nalishda olimlar tomonidan qayta ko‘rib chiqilayotganligini aytilgan bo‘lib, birinchidan, kiberjinoyatlarda zarar moddiy shaklda emas, balki axborot xavfsizligi, shaxsiy ma’lumotlar buzilishida namoyon bo‘lishi, ikkinchidan, ekologik jinoyatlarda ijtimoiy xavfli oqibat inson emas, balki tabiat va kelajak avlodlar manfaatlariga zarar orqali yuzaga keladi; uchinchidan, pandemiya sharoitida (public health offences) ijtimoiy xavfli oqibat jamoat sog‘ligiga tahdid ko‘rinishida baholanishi va bu holatlar zarar yetkazish tamoyilini (harm principle) keng talqin qilish zaruratini yuzaga keltirishi atroflicha bayon qilingan. Zamonaviy jinoiy tajovuzlar esa ushbu zarar yetkazish tamoyili (harm principle) va “jinoiy oqibat”(result crimes) tushunchasini qayta ko‘rib chiqish va jinoyatning ijtimoiy xavflilik belgisini tushunchasini kengroq ifoda etishni talab etayotganligi bayon qilingan.