GO‘SHSOY KONI ALUNIT MA’DANI TEXNOLOGIK NAMUNALARINING FLOTATSION BOYITILUVCHANLIGINI TADQIQ QILISH
Annotatsiya
Ushbu maqolada Go‘shsoy koni alunit ma’danlarini flotatsiya usulida boyitishda optimal sharoitlarni aniqlash bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari keltirilgan. Tadqiqotlar davomida alunitning flotatsion ajralish samaradorligiga yanchilish darajasi, ishqoriy muhitning pH qiymati va reagentlar sarfining ta’siri o‘rganildi. Tajribalar natijasida optimal texnologik sharoitlar sifatida 85% –0,074 mm yanchilish darajasi, pH=10 ishqoriy muhit, natriy oleat sarfi 500 g/t va tall yog‘i sarfi 500 g/t miqdorida aniqlandi. Yig‘uvchi reagentni ketma-ket berish va ko‘pikni alohida yig‘ish sxemasi asosida o‘tkazilgan flotatsiya natijasida umumiy boyitmada alunitning ajralish darajasi 94,3% ni tashkil etdi. Shuningdek, yopiq siklda olib borilgan flotatsiya jarayonlari natijasida boyitmadagi alunit miqdori 60,97% gacha, ajralish darajasi esa 87,48% gacha oshirildi. Olingan natijalar tahlil qilinib alunit ma’danlarini samarali boyitish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Hali tarjima qilinmagan