Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

KARBONLI PO‘LATLARDA YUQORI HARORATLI VODOROD TA’SIRI (HTHA), MIKROSTRUKTURAVIY DEGRADATSIYA, ZARAR YETKAZISH MEXANIZMI VA TEXNOLOGIK OLDINI OLISH USULLARI

Salohiddin Turamuradovich Azimov“O‘zbekiston GTL” MChJGanisher Baxtiyorovich RaximovKarshi State Technical University
ABI

Annotatsiya

Yuqori haroratli vodorod ta’siri (HTHA – High-Temperature Hydrogen Attack) neft-gaz, kimyo va energetika sanoatlarida keng qo‘llaniladigan uglerodli va past qotishmali po‘latlarning xizmat muddatini sezilarli darajada qisqartiruvchi xavfli degradatsiya jarayonidir. Ushbu maqolada HTHA mexanizmi, unga moyil materiallar va ularning mikrostrukturaviy o‘zgarishlari, payvand choklarida va issiqlik ta’sir zonalarida yuzaga kelish holatlari batafsil tahlil qilinadi. Tadqiqotda ASME RP 941, API RP 571 va boshqa xalqaro standartlar asosida xavfsiz ishlash chegaralari, material tanlash strategiyalari hamda zamonaviy no-destruktiv sinov (NDE) usullarining samaradorligi o‘rganildi. Shuningdek, HTHA xavfini kamaytirish uchun qotishma elementlari bilan boyitilgan po‘latlardan foydalanish, payvanddan keyingi issiqlik ishlovi (PWHT) qo‘llash va qoplama texnologiyalarining metallurgik mosligi tahlil qilindi. Olingan natijalar asosida sanoat korxonalarida HTHAni erta aniqlash va oldini olish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi.

Hali tarjima qilinmagan

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar