Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

COVID-19 va yurak ishimik kasalligi birgalikda kechganda kilinik xususiyatlarni o‘rganish

Barchinoy Tog‘ayevaAssistent, 2-ichki kasalliklar va kardiologiya kafedrasi, Samarqand davlat tibbiyot universitetiMohigul BekkulovaAssistent, Ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi, Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutiAkmaljon Baxronov1-kurs ordinatori, assistant, 2- ichki kasalliklar va kardiologiya kafedrasi, Samarqand davlat tibbiyot universitetiZuhra SafarovaTalaba, Davolash fakulteti, Samarqand davlat tibbiyot universitetiGulshoda O‘roqovaTalaba, Davolash fakulteti, Samarqand davlat tibbiyot universitetiAziza XaydarovaShifokor-reanimatolog, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Samarqand filiali
ABI

Annotatsiya

COVID-19 pandemiyasi dunyo bo‘ylab deyarli 600 million kishiga xavf soldi, global sog‘liqni saqlash muammosiga aylandi va deyarli 6 million kishining hayotiga zomin bo‘ldi, asosan o‘pka shikastlanishi natijasida va komorbid holatlar mavjud insonlarda kasallik ko‘proq kuzatildi. Dunyo bo‘ylab o‘tkazilgan 192 ta tadqiqot natijalarini umumlashtirgan xalqaro meta-tahlil natijalariga ko‘ra, COVID-19 bilan kasallangan bemorlar kasalxonaga 7,4% holatda pnevmoniya kasalligi bilan, 13,4% hollarda o‘tkir respirator distress sindromi bilan; 3,3% hollarda intensiv terapiya bo‘limiga yotqizilgan, shundan 1.6% sun’iy nafasga muhtoj bo‘lgan va o‘lim darajasi 0.8% ni tashkil etgan. Bundan tashqari, olimlar yurak-qon tomir kasalliklari bo‘lgan bemorlarda COVID-19 yuqish xavfi yuqori ekanligini va yangi koronavirus infeksiyasining yurak-qon tomir tizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi ehtimoli yuqori ekanligini ta’kidlashadi. Yurak-qon tomir kasalliklari COVID-19 pandemiyasi davrida infeksiya oqibatlarini og‘irlashtiruvchi omil sifatida e’tirof etilgan.

Hali tarjima qilinmagan

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba