Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

SUD PRESEDENTI TUSHUNCHASINING NAZARIY-HUQUQIY ASOSLARI

Choriyev Ulug'bek RustamovichToshkent davlat yuridik universiteti Ommaviy huquq fakulteti 3-kurs talabasi
ABI

Annotatsiya

Mazkur maqola sud pretsedenti institutining huquq manbasi sifatidagi o‘rni va ahamiyatini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Unda sud pretsedentining nazariy asoslari, tarixiy shakllanish jarayoni hamda u umumiy huquq (common law) tizimida qanday mustahkam o‘rin egallagani yoritilgan. Maqolada Angliya huquq tizimida “stare decisis” tamoyilining paydo bo‘lishi, equity (adolat huquqi) tizimining shakllanishi, ratio decidendi va obiter dicta tushunchalari, shuningdek majburiy (binding) va tavsiyaviy (persuasive) presedent turlari keng tahlil qilingan. Shuningdek, sud pretsedenti tizimining moslashuvchanligi — follow, distinguish, overrule va reversal tamoyillari orqali huquqning dinamik rivojlanishiga qanday ta’sir ko‘rsatishi ilmiy-nazariy jihatdan yoritilgan. Muallif sud pretsedenti institutining ijobiy va salbiy jihatlarini baholash bilan bir qatorda, uni huquq manbasi sifatida o‘rganish zarurligini asoslab beradi. Mavzu hali milliy huquqshunoslikda yetarlicha o‘rganilmagan bo‘lib, uni chuqur ilmiy tahlil qilish zaruriyati mavjud.

Hali tarjima qilinmagan

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba