α-LINOLENIK KISLOTA TUZILISHI VA BIOLOGIK XOSSALARI
Annotatsiya
Mazkur maqolada αlenolenik kislotasini tuzilishi va biologik xossalari taxlil qilingan. Asosiy e’tibor Alex Sala Vila va Ram Reifen, Anna Karlinsky, Aliza H Stark, Zipi Berkovich, Abraham Nyskalar tomonidan olib borilgan tadqiqot natijalarini taxlil qilishga qaratilgan. Alex Sala- Vila α linolenik kislotasi o’simlik yog’ kislotasi, yurak- qon tomir kasalliklari va kognitiv tizimiga ta’siri haqida o’rgangan bo’lsa Ram Reifen, Anna Karlinsky, Aliza H Stark, Zipi Berkovich, Abraham Nyskalar α linolinik kislota [to’yinmagan yog’ kislotasini] istemol qilish yallig’lanishli ichak kasalliklarida yallig’lanishga qarshi vosita ekanligini o’rgangan. Tadqiqotlar taqqoslanishi shuni ko’rsatadiki alfa linolenik kislotasi [ to’yinmagan yog’ kislotasi] bu omega 3- sinifdagi muxim o’simlikka asoslangan ko’p to’yinmagan yog’li kislota xisoblanadi. U organizm uchun zarur bo’lgan yog’li kislota, uni o’simlik yog’lari yong’oqlar va urug’lar kabi oziq - ovqat manbalaridan olish mumkun. Maqolada biologik axamiyati foydali manbalari ham yoritilgan.
Hali tarjima qilinmagan