TARMOQ ELEMENTLARINI MASOFAVIY DIAGNOSTIKA QILISHDA MACHINE LEARNING MODELLARI TAHLILI
Annotatsiya
Telekommunikatsiya tarmoqlari murakkab arxitekturaga ega bo'lib, turli xil qurilmalar, uzatish liniyalari va boshqaruv tizimlaridan iborat. Tarmoq elementlarining nosozligi yoki ishlashdagi uzilishlari butun tizimning ishdan chiqishiga olib kelishi mumkin. Shu sababli, masofaviy diagnostika tizimlarini yaratish va ularni Machine Learning (Machine Learning, ML) modellaridan foydalanib diagnostika pragnoz qilish kerak. Tarmoq elementlari raqamli infratuzilmaning ajralmas qismi hisoblanadi. Wi-Fi, 5G, Bluetooth, ZigBee, NB-IoT va boshqa texnologiyalar asosida yaratilgan tarmoqlar turli sanoat, transport, sog'liqni saqlash va IoT sohalarida ma'lumot uzatishning asosiy vositasi bo'lib xizmat qilmoqda. Shu sababli, masofaviy diagnostika - tarmoq holatini markazlashgan yoki bulutli server orqali avtomatik nazorat qilish — dolzarb masalaga aylanmoqda.