Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

ANDIJON VA TERMIZDA ODDIY HUSNBUZARNING YOSH VA JINSIY TAQSIMOTI TAHLILI

Tog'ayev Axror TuraqulovichToshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali, Termiz, O'zbekistonAbdullayev Farrux AbdullayevichToshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali, Termiz, O'zbekiston
ABI

Annotatsiya

Oddiy husnbuzar (Acne vulgaris) — o‘smirlik va yosh davrida keng tarqalgan surunkali yallig‘lanishli dermatoz bo‘lib, yog‘ bezlar faoliyatining oshishi, follikulyar giperkeratoz, Propionibacterium acnes kolonizatsiyasi hamda gormonal o‘zgarishlar bilan bog‘liq. Dunyoda bu kasallik 12–25 yosh oralig‘idagi aholining 80–90 foizigacha bo‘lgan qismini hayotining muayyan bosqichida zararlaydi. O‘zbekiston sharoitida, ayniqsa Andijon va Termiz singari iqlim jihatdan farq qiluvchi hududlarda, oddiy husnbuzarning uchrash chastotasi, klinik shakllari va jinsiy taqsimotida farqlar mavjud. Andijon viloyatining nam kontinental iqlimi terining yog‘ bezlari sekretsiyasiga boshqa yo‘sinda ta’sir etsa, Termizdagi issiq va quruq iqlim yog‘ ishlab chiqarilishini kuchaytiradi hamda yallig‘lanish jarayonlarini og‘irlashtiradi.

Hali tarjima qilinmagan

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba