Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

FANLARARO TADQIQOTLARDA SINERGETIKANING INTEGRATSIYA QIYINCHILIKLARI: METODOLOGIK, TERMINOLOGIK VA MADANIY TO'SIQLAR TAHLILI

Xolmo'minova MohichehraTermiz iqtisodiyot va servis universiteti 1-bosqich magistranti
ABI

Annotatsiya

Ushbu tadqiqot fanlararo yondashuvlar kontekstida sinergetikani samarali integratsiya qilish jarayonida yuzaga keladigan fundamental qiyinchiliklarni tahlil qilishga bag‘ishlangan. Sinergetika o‘z-o‘zini tashkil etuvchi murakkab tizimlarning umumiy qonuniyatlarini tushunish uchun universal vosita bo‘lsa-da, uni turli fan sohalari (aniq, tabiiy va ijtimoiy-gumanitar) o‘rtasida qo‘llashda jiddiy to‘siqlarga duch kelinmoqda. Maqolada ushbu integratsiya qiyinchiliklari uch asosiy darajada (terminologik nomuvofiqlik, metodologik adaptatsiya muammolari va ilmiy madaniyatlarning farqi) ko‘rib chiqiladi. Asosiy maqsad – sinergetik salohiyatni to‘liq ro‘yobga chiqarishga to‘sqinlik qilayotgan fundamental muammolarni tizimli ravishda aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan konstruktiv tavsiyalar ishlab chiqishdir.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba