Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

GO'DAKLARDA SARCOPTES SCABIEI VA MICROSPORUM CANIS BIRGALIKDA UCHRASH CHASTOTASI

Tog'ayev Axror TuraqulovichToshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali, Termiz, O'zbekistonOnarov Nodir NorkobilovichToshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali, Termiz, O'zbekiston
ABI

Annotatsiya

Bolalarda teri kasalliklari, ayniqsa parazitar va zamburug‘li etiologiyali dermatozlar, so‘nggi yillarda rivojlanayotgan mamlakatlarda keng tarqalgan sog‘liqni saqlash muammolaridan biridir. Go‘daklar organizmi immunologik jihatdan yetilmaganligi, teri to‘siq funksiyasining noyetukligi va gigiena sharoitlarining yetarli emasligi sababli bunday infeksiyalarga nisbatan juda sezgir hisoblanadi [Gupta et al., 2022]. Sarcoptes scabiei (qo‘tir oqsili) epidermisning ustki qatlamlarida parazitlik qilib, kuchli qichishish, papulyar-toshmalar va ikkilamchi bakterial infeksiyalarni keltirib chiqaradi. Shu bilan birga, Microsporum canis zoonoz kelib chiqishga ega dermatofit bo‘lib, mushuk va itlar orqali yuqadi, go‘daklarda soch follikulalarini zararlaydi, tinea capitis yoki tinea corporis klinik ko‘rinishlarini beradi. So‘nggi yillarda ayrim bolalarda ushbu ikki patogenning birgalikda uchrash holatlari (koinfeksiya) qayd etilmoqda. Bunday aralash infeksiyalar klinik belgilarning o‘zaro qoplanishi sababli tashxisni murakkablashtiradi va davolashga kechikish keltirib chiqaradi. (Veraldi S. et al., Mycoses, 2023; Gupta A.K. et al., Pediatric Dermatology, 2022.)

Hali tarjima qilinmagan

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba