Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

BAKTERIAL ICHAK INFEKTSIYALARINING AHAMIYATI VA ASOSIY PATOGEN INFEKTSIYALARNI ZAMONAVIY ANIQLASH USULLARINING ISTIQBOLLARI

Berdiyeva Z.I.Respublika OITSga qarshi kurash markazi statsionari
ABI

Annotatsiya

Bakteriyalar keltirib chiqaradigan infektsiyalar aholi salomatligi bilan bog‘liq kasallanish hamda o‘limga jiddiy ta'sir ko‘rsatadi va ularni oldini olish, davolashda sezilarli yutuqlarga qaramay, butun dunyo bo‘ylab iqtisodiy va ijtimoiy yukning ortishi davom etmoqda. Shartli ravishda ESKAPE (Enterococcus faecium, Staphylococcus aureus, Klebsiella pneumoniae, Acinetobacter baumannii, Pseudomonas aeruginosa Enterobacter spp.) deb nomlanuvchi yuquvchanligi juda yuqori oltita bakteriya Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan dori vositalariga chidamli bakteriyalar sifatida e’tirof etilgan. Aynan shu sababli, ushbu patogenlarni tez va aniq tashxislash nafaqat samarali antibiotik terapiyasini o‘z vaqtida buyurish, balki epidemiyalarni bostirish hamda mikroblarga qarshi keyingi qarshilikni minimallashtirish uchun ham muhim hisoblanadi. Molekulyar diagnostika usullariga bo‘lgan ehtiyojning doimiy ravishda takomillashib borishi bakterial infektsiyalarning epidemiologik nazoratini yaxshilash uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Shu munosabat bilan, bakterial infektsiyalarni tashxislashda genomik va proteomik yondashuvlarga asoslangan molekulyar usullardan foydalanishning so‘nggi yutuqlarini tahlil qilish va har bir usulning afzalliklari va cheklovlarini muhokama qilish dolzab vazifa hisoblanadi.

Hali tarjima qilinmagan

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba